Skip to content
Publications

Article · CyberLeninK · December 30, 2025

WEB ILOVA TRAFIGINI TAHLIL QILISHNING NAZARIY ASOSLARI VA ILMIY MUAMMOLARI

Raxmatov Furqat Abdirazzoqovich, Karimov Norbek Najmiddin o'g'li, Xolmuminov Oybek Tuxtayevich

Abstract

Ushbu ilmiy maqola zamonaviy veb ilova trafigini tahlil qilishning fundamental nazariy asoslarini tanqidiy baholashga va sohada hal etilishi lozim bo‘lgan eng dolzarb ilmiy muammolarni tizimlashtirishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda aniqlanishicha, HTTPS shifrlanishi va Katta ma’lumotlar (Big Data) hajmi tufayli an’anaviy statistik modellar amaliy ahamiyatini yo‘qotgan. Natijada, e’tibor Mashinani o‘rganish (ML) va Chuqur o‘rganish (DL) usullariga o‘tgan. Biroq, DL texnologiyasining joriy etilishi, o‘z navbatida, aniqlik, tezlik va resurs samaradorligi o‘rtasidagi “Uchlik Ziddiyati” (Trilemma) ni yuzaga chiqardi. Maqolada vaqt qatorlari tahlili va Graf nazariyasi kabi matematik apparatlarning trafikni modellashtirishdagi nazariy cheklovlari tahlil qilingan. Asosiy ilmiy muammolar sifatida DL modellarining izohlanuvchanlik XAI masalasi, ularning Adversarial hujumlarga chidamliligi hamda Grafik Neyron Tarmoqlar (GNN) ni tarqalgan tizimlarda real vaqtda masshtablashning algoritmik murakkabligi ajratib ko‘rsatilgan. Xulosa qilib aytganda, tadqiqot kelajakdagi ilmiy izlanishlarni ushbu fundamental muammolarni hal qilishga, xususan, optimallashtirilgan GNN arxitekturalarini va hibrid tahlil modellarini yaratishga chorlaydi.

Internet Traffic Analysis and Secure E-votingNetwork Security and Intrusion DetectionCybersecurity and Information Systemsweb traffic analysisbig datamachine learning

More by Norbek Karimov