Article · QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI · November 10, 2025
TURKIY SINGARMONIZM MASALASI
Sofiyaxon Usmonova, Shahnoza Tojiyeva, Dilhayot Sotiboldiyev
Abstract
Ushbu maqolada turkiy, xususan, o‘zbek tilida kuzatiladigan singarmonizm hodisasining tarixiy taraqqiyoti, fonetik tizimdagi o‘zgarishlari va hozirgi davrdagi izlari batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqotda singarmonizmning qadimgi turkiy til davridagi tabiiy fonetik qonun sifatidagi mavqei, zamonaviy o‘zbek tilidagi zaiflashuvi hamda funksional imkoniyatlarining torayishi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Maqolada, shuningdek, XX asr boshlarida alifbo islohoti, imlo me’yorlari va singarmonizm masalasi yuzasidan olib borilgan ilmiy bahslar, jadid ziyolilari, fonetist olimlar va Turkologiya maktabi vakillarining qarashlari qiyosiy tarzda tahlil etilgan. Shu davrdagi lotin yozuviga o‘tish jarayoni, imlo tamoyillarining shakllanishi va fonetik prinsipga tayanish masalasida bildirilgan turli yondashuvlar o‘zaro solishtiriladi. Muallif singarmonizmning O‘rta Osiyo turkiy tillaridagi fonologik o‘rni, uning yo‘qolishiga olib kelgan ijtimoiy-lingvistik omillar, shuningdek, bugungi o‘zbek tilida saqlanib qolgan ayrim izlari va dialektal ko‘rinishlarini ham ko‘rsatib o‘tadi. Maqola turkiy tillar fonetikasini o‘rganish, o‘zbek tili tarixini tadqiq etish va fonologik tizimning evolyutsiyasini tushunishga qaratilgan muhim ilmiy izlanish sifatida baholanadi.
More by Sofiyaxon Usmonova
- Dialectometry and the Technology of Compiling a Choropleth Atlas in an Areal CorpusInternational Conference on Computer Science and Engineering · 2026
- Adaptive Divergence-Based Detection of Port Scanning Attacks in Network TrafficInternational Russian Automation Conference · 2026
- Artificial Intelligence-Based Linguopragmatic Analysis of Multimodal Communication in Uzbek Telegram Social MediaInternational Conference on Computer Science and Engineering · 2026
- A Graph Transformer–Based Self-Supervised Learning Framework for Modeling Student Knowledge Tracing in Adaptive Learning SystemsInternational Academic Journal of Science and Engineering · 2026 · Citations: 2
