Article · CyberLeninK · January 1, 2026
PROJECT-BASED LEARNING (PBL) ORQALI WEB-LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Abstract
KIRISH: mazkur maqolada Project-Based Learning (PBL) yondashuvi asosida webloyihalash kompetentligini shakllantirish metodikasi ishlab chiqish va uning samaradorligini aniqlash masalalari tadqiq etilgan. zamonaviy raqamli ta'lim muhitida talabalarni amaliy faoliyatga tayyorlash, ularning kreativ va texnik ko'nikmalarini rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida yoritiladi. MAQSAD: tadqiqotning maqsadi — PBL metodikasi asosida talabalar webloyihalash kompetentligini shakllantirish, ularning bilim darajasi, amaliy ko'nikmalari va kreativ fikrlashini rivojlantirishdir. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayoni tizimli, kompetentlikka asoslangan va faoliyatga yo'naltirilgan yondashuvlar integratsiyasi asosida tashkil etildi. talabalar web-loyihalar yaratish jarayonida muammoni aniqlash, rejalashtirish, amaliy ishlab chiqish, natijani taqdim etish va refleksiya bosqichlaridan o'tdi. NATIJALAR VA MUHOKAMA: natijalar shuni ko'rsatdiki, PBL asosida tashkil etilgan o'qitish jarayoni talabalar bilim darajasi, amaliy ko'nikmalari va kreativ yondashuvini sezilarli darajada oshiradi. tajriba guruhida nazorat guruhiga nisbatan yuqori natijalar qayd etildi. XULOSA: PBL metodikasi web-loyihalash kompetentligini shakllantirishda samarali pedagogik vosita bo'lib, ta'lim jarayonini individuallashtirish, talabalar faolligini oshirish va ularni zamonaviy kasbiy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
More by Oybek Kayumov
- Offline Speech Assessment Software (Version 1.0)Zenodo · 2026
- AN AUTOMATIC SPEECH ASSESSMENT ALGORITHM ADAPTING TO THE PRONUNCIATION CHARACTERISTICS OF CONVICTED PERSONSZenodo · 2026
- Stability Analysis of Low-Inertia Power Systems with Grid-Forming Battery Energy StorageZenodo · 2026
- Multimodal learning analytics asosida adaptiv intellektual elektron ta'lim platformasini yaratish metodikasiZenodo · 2026
