Skip to content
Publications

Talk · Zenodo · May 16, 2026

PAST INERSIYALI ELEKTR ENERGETIKA TIZIMLARIDA CHASTOTA OG'ISHI VA RoCoF KO'RSATKICHLARINI BAHOLASH

Kayumov Oybek Achilovich, N.R. Kayumova

Abstract

Ishda invertorli manbalar ulushi η ortib borayotgan elektr energetika tizimlarida chastota og'ishi va chastota o'zgarish tezligi (RoCoF) ko'rsatkichlari va ularni o'lchash usullarining natijaga ta'siri baholangan. Bir hududli va olti shinali tarmoq modellarida η 0 dan 80 % gacha oshganda boshlang'ich RoCoF 0,50 dan 2,50 Hz/s gacha oshishi, chastota nadiri esa 49,34 dan 47,71 Hz gacha pasayishi aniqlangan. 500 ms oynada o'lchangan RoCoF haqiqiy boshlang'ich qiymatni 4–13 % ga, 1 s oyna esa 12–27 % ga kam ko'rsatadi; 100 ms oyna esa 10 mHz o'lchov shovqinida ±9,5 % tarqoqlik beradi. Tarmoqda buzilishga yaqin shinalarda 100 ms oynadagi mahalliy RoCoF inersiya markazi bo'yicha qiymatdan 4,5 martagacha katta bo'lgan.

Power Quality and HarmonicsAdvanced Electrical Measurement TechniquesPower System Optimization and Stabilityfrequency deviationrate of change of frequencyinverter-based resources

More by Oybek Kayumov