Talk · Zenodo · September 25, 2025
NEYRON TARMOQ ASOSIDA EMG SIGNALLARIDAN MUSHAK CHARCHOQLARINI ANIQLASH UCHUN XUSUSIYATLAR MAJMUASINI ISHLAB CHIQISH
Abstract
Annotatsiya — mazkur tadqiqot sportchilarda mushak charchoqlarini aniqlashda elektromiografiya (EMG) signallariga intellektual ishlov berish masalalariga bag‘ishlangan. EMG signallari mushak tolalarining bioelektrik faolligini qayd etuvchi muhim biomarker hisoblanib, ularning no-statsionar tabiati sababli an’anaviy tahlil usullari yetarli aniqlikni ta’minlamaydi. Shu bois, ushbu maqolada EMG signallaridan vaqt sohasi (MAV, RMS, VAR, WL, SSC, ZC), chastota sohasi (MDF, MNF, SC, BW) hamda chiziqli bo‘lmagan parametrlar (entropiya, spektral xususiyatlar) ajratilib, xususiyatlar majmuasi shakllantirildi. Shapiro–Wilk, Welch t-testi va Mann–Whitney U kabi statistik metodlar yordamida xususiyatlarning ahamiyatlilik darajasi baholandi. Natijalarga ko‘ra, eng diskriminativ ko‘rsatkichlar sifatida spektral entropiya, spektral dispersiya, RMS va MDF ajratildi. Ushbu xususiyatlar majmuasi asosida MLP neyron tarmog‘i o‘qitildi va 0.96 F1-score ko‘rsatkichiga erishildi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, vaqt, chastota va chiziqli bo‘lmagan parametrlarning integratsiyasi mushak charchoqlarini yuqori aniqlik bilan aniqlash imkonini beradi. Taklif etilgan yondashuv sport tibbiyoti, reabilitatsiya va sportchilar yuklamasini optimallashtirishda real vaqtli monitoring tizimlarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.
More by Shokhrukhmirzo Kholdorov
- A Cache-Aware Compression Framework: Deriving the Compression Target and Stopping Rule for Transformers on CPU-Class HardwareAI · 2026
- SPORTCHILARNING MUSHAK TOLIQISHINI ANIQLASHDA GIBRID XUSUSIYATLAR VA MODIFIKATSIYALANGAN MLP NEYRON TARMOG'INING QO'LLANILISHIBulletin of TUIT Management and Communication Technologies · 2026
- Advanced Speaker Diarization Techniques for Analyzing Uzbek Speech SignalsLecture notes in electrical engineering · 2026 · Citations: 3
- Scientific Foundations for Selecting Spectral Transformation Algorithms in Electromyography Signal ProcessingLecture notes in electrical engineering · 2026 · Citations: 1
