Skip to content
Publications

Dataset · Zenodo · February 11, 2026

ADAPTIV RAQAMLI PLATFORMALARDA LEARNING ANALYTICS ASOSIDA WEB-LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI BASHORATLASH

Kayumov Oybek Achilovich, Worldly Knowledge Publishing Centre

Abstract

Mazkur maqolada adaptiv raqamli platformalarda Learning Analytics texnologiyalari asosida web-loyihalash kompetentligini rivojlantirish va bashoratlash masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi talabalarning web-loyihalash kompetentligining shakllanish dinamikasini learning analytics indikatorlari orqali tahlil qilish hamda adaptiv o‘qitish mexanizmlarining samaradorligini aniqlashdan iborat. Tadqiqot aralash metodologik yondashuv (mixed-methods) asosida tashkil etilib, kvazi-eksperimental dizayn doirasida tajriba va nazorat guruhlari bilan olib borildi. Ma’lumotlar adaptiv platformada hosil bo‘ladigan o‘quv faoliyati loglari, topshiriqlarni bajarish vaqti, xatoliklar soni, reflektiv faoliyat ko‘rsatkichlari orqali yig‘ildi va statistik hamda bashoratlovchi modellar yordamida tahlil qilindi. Natijalar adaptiv platformadan foydalanilgan tajriba guruhida web-loyihalash kompetentligining amaliy-operatsion, analitik-me’yoriy va reflektiv komponentlari sezilarli darajada rivojlanganini ko‘rsatdi. Regression va klassifikatsiya tahlillari kompetentlikni bashoratlashda topshiriqlarni bajarish vaqti, xatoliklar soni va reflektiv faoliyat yetakchi indikatorlar ekanligini aniqladi. Learning analytics asosida qurilgan adaptiv raqamli platformalar web-loyihalash kompetentligini proaktiv boshqarish va bashoratlash uchun samarali pedagogik mexanizm ekanligi asoslandi.

Online Learning and AnalyticsIntelligent Tutoring Systems and Adaptive LearningEducational Technology and E-Learninglearning analyticsadaptive learningreflective activity

More by Oybek Kayumov